AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqariladi

'O`zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqariladi'ning rasmi

«O`zbekipaksanoat» uyushmasidan O`zA ma`lum qilishlaricha, ayni vaqtda tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonasini qurish boshlandi. Dekabr oyida korxonasi ishga tushadi.

Umumiy qiymati 2 million dollarga baholangan bu loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyihaning 1 million dollari “O`zsanoatqurilish” bankdan olingan kredit hisobidan qoplanadi. Qolgan qismini xitoylik choy ishlab chiqaruvchi tadbirkor mutaxassislar va uskuna olib kelish hisobidan qoplaydi.

— Bahorda bargining uchi, kuz mavsumida esa barglar butun yig`ib olinadi, – deydi uyushma raisi B. Sharipov. – Nega bunday desangiz, biz bahorda 330 ming quti, kuzda esa 40 ming quti ipak qurti parvarishlashni mo`ljallab turibmiz. Barcha fasllarda tut bargining hosili bir xil bo`ladi. Lekin kuzda bahorga nisbatan qariyb 7 barobar pilla kam boqilgani uchun ana shuncha barg daraxtda qolib ketadi. 2019 yilda har gektar tutzordan 52.5 tonna tut bargi yig`ib choy tayyorlash rejalashtirilgan. Ana shunda eksport hajmi 1.4 million dollar bo`lishi kutilmoqda. Korxonada 50 ta doimiy va 1500 ta mavsumiy ish o`rni yaratiladi.
Uyushma tomonidan tut barglari Xitoyga olib borilib, undan sinov tariqasida choy ishlab chiqarilgan edi.

Xo`sh bunday choyning foydali xususiyatlari nimalardan iborat?

Labaratoriya sinovlarida bunday choyning tarkibida kofein va tanin moddasi odatdagi choy nisbatan 200 barobar kam ekanligi aniqlandi. Tarkibidagi vitamin va minerallar esa aksincha ko`p ekan. V1, V2, A, S vitaminlar, soch va tirnoq uchun foydali kalsiy bor. Undagi kalsiy moddasi tvorogdagidan ham ko`proq ekani aniqlandi. U qandli diabetda, bosh og`riganda, bosh aylanishida, yo`talda, ko`z shamollaganda foydali. Shuningdek, yurtimizda ko`pchilikda davleniya baland yurishini hisobga olsak, ularga ham bu choy yaxshi foyda beradi.

Kelgusi yildan aholi salomatligi uchun koni foyda bo`lgan ana shunday mahsulot ichki va tashqiy bozorlarga etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar