Yangi ko`rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari.
“Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da etib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so`ng kassaga pul to`ladim. Bunga kassada navbat bo`lgani tufayli 10daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3 xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So`ng 5 kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O`sha erda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so`m pul ketdi”, — deb yozib qoldirgan Dilshod Nasrov nomli foydalanuvchi.
Uning aytishiga ko`ra, yangi ko`rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va ekzamen varaqasi kerak bo`lgan xolos. To`langan pulning 121 ming so`mi kassaga 5 ming so`mi ariza to`ldirishga ketgan.
“Shundan boshqa hech qanday ma`lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti kerak emas!”, — deb qat`iy ma`lumot bildirgan guruh a`zosi.
Yuqorida aytib o`tilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15 fevral kuni bo`lib o`tgan. Eslatib o`tamiz, bir necha kun oldin yangi ko`rinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha to`xtatilganini xabar qilgan edik.






