Buxoroda elektromobillar ishga tushdi, deya xabar bermoqda Davlat turizm qo`mitasi.
“Ayni damda ularning soni 2ta, lekin yaqin orada yana 10 ta ana shunday avtomobillar sotib olinadi va ular sayyohlarga xizmat ko`rsata boshlaydi”, — deyilgan xabarda.
Ushbu elektromobillar eski shaharning avtomobillar harakati ta`qiqlangan ko`chalari bo`ylab sayyohlarga xizmat ko`rsatadi. Ayni damda elektromobillar uchun maxsus yo`nalishlar ishlab chiqilgan. U Labi-hovuzdan boshlanib, Toki Sarafon va Toki Zargaron savdo rastalari va Poy Kalon majmuasi bo`lab o`tadi va Arkda yakunlanadi.
Ana shunday elektromobillar Samarqand va Shahrisabzda allaqachon ishga tushirilgan.Ushbu yo`nalishlarda ekologik toza avtomobillardan foydalanish shahar aholisivamehmonlar uchun qulayliklar yaratadi hamda havoni toza tutadi.






