AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan shaxslarga fuqarolik pasportlari topshirildi

'Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan shaxslarga fuqarolik pasportlari topshirildi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi tomonidan nogiron, yoshi ulug` keksalarga fuqarolik pasporti ularning uyiga borib topshirilmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Soha xodimlari fuqarolik pasporti uchun zarur bo`lgan rasm va barmoq izlarini olishga mo`ljallangan mobil qurilma vositasini aholi xonadonlariga olib borib, xizmat ko`rsatmoqda.

Zangiota tumanidagi «Sortepa» mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, nogironligi bo`lgan Abdurahmon Ortiqboevga ham tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan fuqarolik pasporti topshirildi.

— Mutaxassislar imkoniyatim cheklanganligini hisobga olib, mobil qurilma yordamida uyimda tez fursatda qulay xizmat ko`rsatdi. Hech qanday ortiqcha ovoragarchilik, qiyinchiliklar bo`lmadi. Ularning beminnat yordami bilan bugun yangi fuqarolik pasportimni qo`limda ushlab turibman , – deydi A.Ortiqboev.

    Boshqa yangiliklar