Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, Nukus shahridagi piyodalar o`tish yo`llari endi sariq rangga bo`yaladi.
Sariq chiziqlar bilan bo`yash ishlari ob-havo isiganidan keyin amalga oshiriladi.
Piyodalar o`tish yo`lidagi chiziqlarning sariq rangga almashtirilishi Nukusda yo`l transport hodisalari ko`payib ketishi bilan bog`liq.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan taklif etilgan namunaga asosan maktablar, sport majmualari va bolalar qatnovi ko`p hududlardagi katta yo`llarga chiziladigan sariq chiziqlar uzunligi 4 metr, eni 60 santimetr bo`ladi.
20.02.2018 11:13
Piyodalar o`tish yo`llari endi sariq rangga bo`yaladi






