AsosiyJamiyat

Yo`l-transport hodisasida 140 ga yaqin fuqaro jarohatlandi

'Yo`l-transport hodisasida 140 ga yaqin fuqaro jarohatlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabariga ko`ra, 12-18 fevral kunlari respublika avtomobil yo`llarida 134 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 139 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu ko`rsatkich 5-11 fevral kunlari 120 tani tashkil etib, jarohatlanganlar soni 113 nafar edi.

Xabarda keltirilishicha, o`tgan hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 88 ming 730 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 ming 806 tasini qo`pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 872 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 313 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgan, 1 ming 258 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan. Ularga nisbatan tegishli choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar