AsosiyJamiyat

Buryatiya prokuraturasi o`zbekistonlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`adi

'Buryatiya prokuraturasi o`zbekistonlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`adi'ning rasmi

Buryatiyaning uch nafar fuqarosi va bir nafar o`zbekistonlik ayol xorijliklarni Rossiya hududida noqonuniy ushlab turish va ulardan majburiy mehnatda foydalanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Buryatiya prokuraturasi matbuot xizmati xabar beradi.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh a`zolari 2015 yili 11 nafar xorijlikni Rossiya hududiga noqonuniy kirib kelishini tashkil etgan va ularni Pribaykal rayonidagi Turuntaevo qishlog`ida joylashgan ishlab chiqarish bazalarining xo`jalik inshootlariga joylashtirishgan.

Bundan tashqari 2016 yilning mart-iyul oylari davomida O`zbekiston va Qirg`izistonning 16 nafar fuqarosini ularning pasportini olib qo`ygan holda noqonuniy ushlab turishgan. Jinoyatchilar ularni faqat egulik evaziga tekstil fabrikasida ishlashga majburlashgan, turli qiynoq, psixologik va jismoniy zo`rlik ishlatishgan.

Mazkur jinoiy ish materiallari yaqin vaqt ichida ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar