Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning mamlakat parlamentiga qilgan Murojaatnomasida belgilangan muhim vazifa va topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida, Qoraqalpog`iston Respublikasi moliya vazirligida Yoshlar ittifoqi a`zolari bo`lgan 55 nafar yigit va qizlar moliya vazirligida ishga qabul qilindik. Oramizdan 9 nafar yoshlarga ishonch bildirilib rahbarlik lavozimiga tayinlandi.
Qoraqalpog`iston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda oliy ta`lim muassasalarning iqtisodiyot va menejment yo`nalishlarida tahsil olayotgan
50 nafar bitiruvchilarni darsdan bo`sh vaqtida “ustoz-shogird” tizimi asosida moliya bo`limlarining malakali mutaxassislariga biriktirilgani biz, yoshlarga katta quvonch baxsh etdi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi moliya vazirligida yoshlar uchun xorijiy tillar va psixologiya kurslarining tashkil etilgani foydali va quvonarli holdir.
Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangiliklar, innovasion g`oyalar asosida bor kuch g`ayratimizni safarbar qilishga va`da beramiz.
Qoraqalpog`istonlik bir guruh yoshlardan






