1

Qozog`iston IIV o`zbekistonliklar yonib ketgan avtobusning sababini ma`lum qildi

Dunyo 20.02.2018, 15:05
Qozog`iston IIV o`zbekistonliklar yonib ketgan avtobusning sababini ma`lum qildi

O`zbekistonliklarni Rossiyaga olib ketayotgan avtobus texnik nosoz bo`lgan, deb ma`lum qildi Qozog`iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov deputatlari so`roviga javobida.

Vazirning bildirishicha, avtobus texnik nosozlik sababli Chimkent-Samara avtotrassasining 1068-kilometrida harakatlanishdan to`xtagan. Avtobus haydovchilari bu haqda favqulodda xizmatlarga xabar bermay hamda yo`lovchilar xavfsizligi bo`yicha choralar ko`rmay, yoqilgan kavshar lampa yordamida ehtiyotsizlik tufayli ochiq idishdan benzin to`kib yuborilgan transport vositasi salonini isitishni boshlashgan va oqibatda yong`in yuz bergan.

Vazirlik tergov departamenti tomonidan Aqto`be viloyatida 52 kishining halok bo`lishi holati yuzasidan Qozog`iston JKning 345-moddasi 4-qismi va 348-moddasi 4-qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Avtobus haydovchilari M.Pernebekov, N.Qirg`izboev hamda B.Tanatov jinoiy javobgarlikka tortilgan, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi. Tergov davomida texnik nosoz avtobusning yo`nalishga chiqarilishi sabablari, shartlari va asoslari aniqlanadi.

Eslatib o`tamiz, 18 yanvar kuni Chimkent-Samara avtotrassasida ichida 57 kishi bo`lgan avtobus yonib ketgandi. Yong`inda 52 kishi halok bo`lgan, uch nafar qozog`istonlik va ikki nafar o`zbekistonlik fuqaro omon qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1