AsosiyDunyo

Deparde – dunyo fuqarosi

'Deparde – dunyo fuqarosi'ning rasmi

Fransuz aktyori Jerar Deparde Jazoirga ko`chib o`tish niyati borligini bildirdi, deya yozmoqda News.day.az nashri.

“Tez orada Jazoirga ko`chib o`taman. Yashash uchun Jazoir (mamlakat poytaxti)ni tanladim. Bu muhtasham mamlakat”, – dedi aktyor Marselda bergan intervyusida. Deparde Jazoir tarixi bilan qiziqayotganini, bir zamonlar bu mamlakat “johil faranglar” tomonidan bosib olinganini aytib o`tdi.

Akter, shuningdek, hamma erdan oz-ozdan yashab ko`rmoqchiligini aytdi.

Deparde Rossiya va Belgiya fuqaroligiga ham ega. Aktyor o`zini dunyo fuqarosi ekanini bir necha marta ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar