Bosqinchi 12 yashar qizchaning telefonini yulqib olish uchun uni erga ag`anatgani videokuzatuv kamerasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda life.ru nashri.
Kadrlarda jasur qizcha huvillagan ko`chada o`ziga tashlangan jinoyatchining hamlasini qaytarishga urinayotganini ko`rish mumkin.
Voqea Derbida yuz bergan. Maktab o`quvchisi bo`lgan qizcha onasining topshirig`i bilan oziq-ovqat do`konidan qaytayotgan edi. Qizchaning aytishicha, bosqinchi evropacha lahjada gapirgan, yoshi 19 lar atrofida. Jinoyatchini taniydiganlar bo`lsa, qidiruvda yordam berishi uchun polisiya kuzatuv kamerasiga tushgan videoni e`lon qildi.






