Joriy yilning 20-fevral kuni "O`zbekkonsert" Davlat muassasi direktori Odiljon Abduqahhorov Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi "Bazmaro" Davlat muassasi direktori Olim Akromov bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvdan asosiy ko`zlangan maqsad O`zbekiston hamda Tojikiston davlatlar o`rtasida aynan shu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha tajribalar almashishdir. Shuningdek, bir necha yildan beri to`xtab qolgan madaniy aloqalarni yo`lga qo`yish konsert faoliyati bo`yicha hamkorlikni kuchaytirib, doimiy ravishda qo`shma konsertlar va festivallar tashkil etish bo`yicha kelishib olindi.
Shuni alohida aytib o`tish joizki, Tojikistonlik mutaxassislar bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida Prezidentimiz tomonidan san`at va madaniyat sohasiga, estrada sohasiga aynan "O`zbekkonsert" davlat muassasiga qaratilayotgan e`tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar barcha-barchasi ularda judayam katta qiziqish orttirdi. Va albatta, ular bunga xavas ko`zi bilan qarab, aynan O`zbekiston tajribasi asosida faoliyatini qaytadan shu tajriba asosida yo`lga qo`yish maqsadida Tojikiston hukumatiga taklif kiritilishini aytib o`tishdi.








