AsosiyShou-biznes

Manzura: «Yon-atrofidan uyalmagan, Yaratgandan ham uyalmaydi»

'Manzura: «Yon-atrofidan uyalmagan, Yaratgandan ham uyalmaydi»'ning rasmi

Betakror imidji, ijro etgan qo`shiqlari bilan doim muxlislar e`tiborida bo`lgan xonanda Manzura Sardor Rahimxon bilan «Janim» klipi, so`nggi vaqtda ma`murlarining o`zgarishi sabablari haqida.

— Halima Ibragimova va Sardor Rahimxon bilan birga suratga olingan klipning promousheni kimning g`oyasi edi?

— Bu klipga kirish edi. Aslida piarga insonlarda qiziqish kuchli.

— Bu yil konsert berish niyatingiz bormi?

— Yo`q, chunki konsert berishim uchun repertuarim yaxshi bo`lishi kerak. To`g`risini aytsam, avvalgi qo`shiqlarimdan unchalik qoniqmayapman. Faqat muhabbat haqidagi qo`shiqlardan iborat bo`lib qolgandek.

alt

— Oxirgi bir yil ichida uch yoki to`rt marta ma`muringiz almashdi. Nima sababdan bunday?

— Bu ish. Aniq nimaga ekanligini ayta olmayman. Bittasi yoshlik qilib ketdi, boshqalari esa ma`lum bir sabablarga ko`ra. Lekin ba`zi ma`murlarimdan nimalarnidir o`rgandim ham.

— Ular siz haqingizda turli gaplar tarqatishi, ig`volar qilishi mumkin edi-ku, bundan cho`chimadingizmi?

— Shukur, menda unday bo`lmadi. Shu paytgacha hech bir ma`murni san`atkorni ortidan yomonlaganini ko`rmadim. Tinch kelib, tinch ketishadi.

alt

— Hozir yodingizda qolgan va sizga juda yoqadigan hayotiy jumlani aytib o`tsangiz?

— Inson yon-atrofidan uyalmasa, Yaratgandan ham uyalmaydi.

— Ko`proq nima qilishni yoqtirasiz?

— Uyda o`tirishni yaxshi ko`raman. Ba`zi ishlar bilan ko`chaga chiqishimga to`g`ri keladi-yu, ammo ko`proq uyda bo`lishni istayman. Davlat telekanallarini tomosha qilishni, tarixiy kitoblar o`qishni yoqtiraman.


Bugun shirali ovoz sohibasi, xonanda Manzuraning tavallud ayyomi. Fursatdan foydalanib xonandani tabriklaymiz, kelgusida ijodiy parvozlar tilaymiz.

Ma`lumot uchun: Manzura — 1978 yil 21 fevralda Toshkent shahrida, rassom Muborak Yo`ldoshev oilasida dunyoga keladi. Manzura bog`cha davridayoq o`zining noyob ovozi bilan barchani hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi. U erda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar