Germaniyalik atletlar uchun Pxyonchxan shahriga 3500 litr alkogolsiz pivo keltirishdi.
The New York Times nashrining xabar berishicha, pivo ishlab chiqaruvchi Krombacher kompaniyasi shu yo`l bilan germaniyalik sportchilarning bahslardan so`ng qayta tiklanishiga yordam bermoqchi.
Ma`lumot uchun, Germaniya terma jamoasi ayni paytda Qish olimpiya o`yinlarida jami 23ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallab turibdi. Olmonlar hisobida 11ta oltin medal bor.







