Ma`lumki, Toshkent shahri va Qozog`istonning Chimkent shahri o`rtasida joriy yil 8 yanvardan muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`yilgan va yo`l haqi 80 ming so`m etib belgilangan edi, deb yozadi O`zA.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda "Manzara tourism" MChJ mas`ul vakillari ma`lumotiga ko`ra, kira 60 ming so`mga tushirilgan. Bugungi kunda ikki tomondan 3 qatnov amalga oshirilmoqda. "Toshkent" avtovokzalidan soat 8.00, 13.00 va 18.00da yo`lga chiqish mumkin. Chimkentdan Toshkentga avtobuslar Qozog`iston vaqti bilan 9.00, 14.00 va 19.00 da harakatlana boshlaydi.
"Toshkent" avtovokzali chiptaxonasidan bildirishlaricha, 5 yoshdan 10 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun yo`l haqining 50 foizi to`lanadi. 5 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun chipta tekin.
8-31 yanvar kunlari Toshkentdan 762, Chimkentdan 622 yo`lovchi manziliga etkazildi. Fevral oyining o`tgan 15 kunida bu ko`rsatkich mos ravishda 355 hamda 425 tani tashkil etgan.






