1

Qarshi ko`chalarida yomg`irdan so`ng "dengiz"lar hosil bo`ldi (foto)

Jamiyat 22.02.2018, 11:08
Qarshi ko`chalarida yomg`irdan so`ng "dengiz"lar hosil bo`ldi (foto)

Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida ham ko`p yomg`ir yog`di. Uzoq kutilgan yomg`ir hosilga baraka, deb barchaning ko`ngli tog`dek ko`tarildi. Ammo yomg`irdan so`ng Qarshi shahar ko`chalarida hosil bo`lgan sun`iy "dengiz"lar maktab o`quvchilari, avtomobil haydovchilari, umuman, barchaning dilini xufton qildi, deb yozadi O`zA.

1.jpg

3.jpg

Kuchli yomg`irdan so`ng suv yo`l topolmay katta yo`l chetlarida o`rnatilgan beton ariqlardan toshib, unda-bunda to`planib qoldi. Aslida, bunday noxush vaziyatlar yuzaga kelishiga shaharsozlik qurilishida kanalizasiya tarmoqlari yaxshi yo`lga qo`yilmagani sabab bo`lmoqda. Bu muammoga piyodalar yo`laklari yonida tashkil qilingan obodonlashtirish maydonchalaridagi gul yoki manzarali daraxt ko`chatlarini oqar suv bilan sug`orish davomida ham duch kelinmoqda.

5.jpg

6.jpg

7.jpg

Xo`sh, nega? Shaharda katta-katta muhtasham imoratlar loyihasini tuzayotgan mutasaddilar, nahotki, sizot suvlari oqib ketish yo`nalishlarini hisobga olmagan bo`lsa? Yaxshiyamki, viloyat yomg`iru jala uzoq vaqt tinimsiz yog`adigan hudud emas. Yo`qsa, shahar aholisi allaqachon ko`chalar bo`ylab qayiqlarda yurishiga to`g`ri kelarmidi?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1