1

Qishloqdagi arzon uy-joylar: talabgorlarni komissiya tanlab oladi

Jamiyat 22.02.2018, 13:41
Qishloqdagi arzon uy-joylar: talabgorlarni komissiya tanlab oladi

Vazirlar Mahkamasining 9.02.2018 yildagi 103-son qarori bilan Ariza beruvchi – uy quruvchining 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz.

Hujjatning oldingi tahriri o`z kuchini yo`qotdi.

Agar ilgari arzon uy-joylar dasturida ishtirok etish uchun fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organining tavsiyasi talab qilingan bo`lsa, endi ishtirokchilarni tegishli tuman hokimligi huzuridagi talabgorlarni tanlash bo`yicha doimiy ishlaydigan komissiya belgilaydi.

Komissiya 9 ta a`zoni o`z ichiga oladi va tuman darajasidagi quyidagi rahbarlardan iborat bo`ladi:

• hokim;
• hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari;
• «Mahalla» fondi bo`limi rahbari;
• er resurslari va davlat kadastri bo`limi boshlig`i;
• tibbiyot birlashmasi boshlig`i;
• tuman Xotin-qizlar qo`mitasi raisi;
• O`zbekiston yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi;
• tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazi rahbari;
• fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman kengashi vakili.

Umuman olganda umumiy tartibga jiddiy o`zgartirishlar kiritilmadi. Eslatib o`tamiz, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan va muayyan ijtimoiy mezonlarga javob beradigan oilalar arzon uy-joylar dasturida ishtirok etish uchun talabgorlik qilishlari mumkin.

Shu bilan birga tavsiya olish sharti sifatida oilaning kam ta`minlanganligi – ro`yxatda yo`q. Oila daromadi, ilgarigidek, oilaning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojini o`rganish chog`ida hisobga olinadi. Biroq endi «daromadi yuqori bo`lmagan oila» – bir oydagi jami daromadi har bir oila a`zosiga EKIHning 3 baravari miqdorigacha (ya`ni 516 720 so`mdan kam) to`g`ri kelishi belgilovchi omilga aylanadi.

Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi bo`yicha Komissiyaga anketa-arizani va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlar ro`yxati Nizomga ilovada ko`rsatilgan.

Arizani ko`rib chiqish uchun Komissiya oilaning uy-joy sharoitlarini o`rganadi va hisobga olinadigan barcha omillar bo`yicha ball (0 dan 10 gacha) qo`yish yo`li bilan dasturda ishtirok etish uchun ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi. Ko`rib chiqilayotgan mezonlarning har biri bo`yicha ballar soni qayd etilgan batafsil jadval Nizomda berilgan.

Umumiy ball Komissiyaning yozma tavsiyasida ko`rsatiladi va talabgorning ipoteka krediti olishi to`g`risidagi buyurtmanomasini ko`rib chiqishning birinchi navbatdagi huquqi va navbat tartibiga ta`sir ko`rsatadi. Eng yuqori ball olgan talabgorning arizasi kreditga layoqati baholanayotganda birinchi darajali navbatga ega bo`ladi.

Hujjat 19.02.2018 yildan kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1