1

Vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulxonalari yopilmoqda

Jamiyat 22.02.2018, 14:15
Vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulxonalari yopilmoqda

Davlat organlari va yirik xo`jalik birlashmalarining rasmiy saytidagi virtual qabulxonalar yopilmoqda. Vazirlik va idoralar rahbariyatiga endi Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali murojaat etish mumkin, deb yozadi Norma.uz.

Davlat bojxona qo`mitasi raisning virtual qabulxonasi 2018 yilning 24 fevralidan yopilishi haqida xabar beradi.

«Intellektual mulk agentligi bosh direktorining virtual qabulxonasi» tizimining faoliyati to`xtatilishi to`g`risidagi ma`lumot Agentlikning rasmiy saytida e`lon qilindi.

25 fevraldan boshlab «O`zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi o`z ishini to`xtatadi. Bu haqdagi e`lon kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan.

Xuddi shu mazmundagi ma`lumotlar boshqa vazirlik va idoralarning rasmiy saytlarida shu kunlarda paydo bo`ladi.

Endi vazirlik va idoraning rahbariyatiga Respublika Prezidentining Virtual qabulxonasining «Vazirliklar va idoralarga murojaatlarni yuborish va qabul kunlari» bo`limi orqali murojaat etish mumkin.

Davlat organlari va idoralarning rasmiy saytlarida virtual qabulxonalarning yopilishi Internet-resurslarning funksiyalari takrorlanishini oldini olish va fuqarolar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1