1

Kechiktirib bo`lmaydigan tibbiy yordam ko`rsatishni rad etganlik uchun jarima belgilandi

Jamiyat 22.02.2018, 16:48
Kechiktirib bo`lmaydigan tibbiy yordam ko`rsatishni rad etganlik uchun jarima belgilandi

Qonun hujjatlari ta`sirini baholash tizimi portalida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Eslatib o`tamiz, Prezidentning 25.01.2018 yildagi PQ–3494-son qarori bilan Sog`liqni saqlash vazirligiga tibbiyot muassasalari rahbarlarini hayot yoki salomatlik uchun xavf tug`diruvchi holatlarda bo`lgan shaxslarga shoshilinch va kechiktirib bo`lmaydigan tibbiy yordam ko`rsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi o`z takliflarini Hukumatga kiritish topshirilgan edi.

Qonun loyihasiga binoan, MJTKga mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi 591-modda kiritiladi. Uni sodir etganlik uchun ma`muriy jarima EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ya`ni amaldagi miqdoriga ko`ra 861 200 so`mdan 1 722 400 so`mgacha) bo`lgan miqdorni tashkil etadi.

Loyiha o`zgartirilishi, unga qo`shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1