1

Adliya organlari va FHDYo binolarida ta`mirlash ishlari olib boriladi

Jamiyat 22.02.2018, 16:59
Adliya organlari va FHDYo binolarida ta`mirlash ishlari olib boriladi

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 124-son «Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori e`lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Yangi qurilish va ta`mirlash ishlari

2018 — 2019 yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va ta`mirlash dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlandi, u o`z ichiga 2 yo`nalishni oladi:

  • O`zbekiston va Qoraqalpog`iston adliya vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalarining binolarini qurish va ta`mirlash;
  • FHDYo organlari binolarini qurish va ta`mirlash.

Adliya vazirligi, zarurat tug`ilganda, Dasturga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish bo`yicha vazifalardan kelib chiqib, ob`ektlarni almashtirish huquqiga ega.

Mazkur Dasturni amalga oshirish doirasida:

  • buyurtmachilar etib — Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari;
  • bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar etib — o`tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo`yicha g`oliblar;
  • moliyalashtirish manbalari etib — Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablag`lari, Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYuU) o`qitishning oshirilgan to`lov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablag`lar, homiylik va xalqaro donorlarning texnik yordam mablag`lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar belgilandi.

Moliyalashtirish va mablag`larni taqsimlashdagi o`zgarishlar

TDYuU 2017/2018 o`quv yili uchun to`lov-kontraktlar shaklida o`qitishdan tushadigan mablag`larning bir qismidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Oliy ta`lim muassasalarini rivojlantirish jamg`armasiga ajratmalar o`tkazishdan ozod qilindi.

1.03.2018 yildan boshlab adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablag`lari (notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining 8%i), shu jumladan TDYuUda o`qitishning oshirilgan to`lov-kontrakt summasini to`lashdan tushadigan mablag`lar adliya vaziri tomonidan (Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda) byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg`armasining daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yo`naltirilishi mumkin.

Shu munosabat bilan qonun hujjatlariga tegishli qo`shimchalar va o`zgartirish kiritildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida rasman e`lon qilingan va 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning to`liq matni, sharhlar va u bilan bog`liq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1