AsosiyDunyo

Islom dinini qabul qilgan Lindsi Loxan modalar namoyishiga hijobda keldi

'Islom dinini qabul qilgan Lindsi Loxan modalar namoyishiga hijobda keldi'ning rasmi

Londonda o`tkazilgan modalar namoyishiga Lindsi Loxan hijob kiygan holda tashrif buyurdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Namoyishdan keyin Lindsi Loxan muxlislari bilan suratga tushib, turli sovg`alarni qabul qildi. “Moda yalang`och holda bo`lishi shart emas”, deb izohladi o`z holatini Gollivud aktrisasi.

Lindsi Loxanning hijobda yurgani hech kimni hayratga solmadi, chunki aktrisa 2017 yilning bahorida islom dinini qabul qilganini ma`lum qilgan edi. U bu mavzuda intervyu berib, Qur`onni to`liq o`qib chiqqanligini, endi arab tilini o`rganmoqchi ekanligi haqida ma`lumot bergan. 2018 yilning yanvariga kelib, Lindsi Instagram ijtimoiy tarmog`i sahifasidagi barcha yozuvlarni o`chirib tashlagan.

2017 yilning aprel oyida Loxan Tailandning Pxuket oroli plyajiga musulmon ayollarining an`anaviy cho`milish libosi bo`lgan burkinida kelgandi. O`shanda 30 yoshli kino yulduz uzun engli tunika va shalvor kiyib, boshiga qora ro`mol yopingan edi.

    Boshqa yangiliklar