AsosiyDunyo

12 yashar qizchaning qulog`idan tirik suvarak chiqdi

'12 yashar qizchaning qulog`idan tirik suvarak chiqdi'ning rasmi

Rossiyaning Ekaterinburgida shifokorlar 12 yashar qizchaning qulog`idan tirik suvarak olishdi, deya xabar qilmoqda News.day.az nashri.

Shifokorlarning aytishicha, qizcha qulog`ida shovqin va shitirlash tovushlaridan shikoyat qilgan. Tekshirib ko`rilganda, qizaloqning tashqi eshitish teshigida qandaydir hashorot g`imirlayotgani aniqlanadi. Qizchani darhol lor-shifokorlarga yo`naltirishadi.

Bir yarim soatdan so`ng, nihoyat, qizchaning qulog`idan tirik suvarakni olishadi. Hayriyatki, qizning quloq pardalariga shikast etmagan ekan. Hashorot odam tanasi ichiga qanday qilib kirib olgani noma`lumligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar