1

Andijonda e`tiborsizlik oqibatida yong`in kelib chiqdi, bir yoshli chaqaloq halok bo`ldi

Jamiyat 23.02.2018, 09:00
Andijonda e`tiborsizlik oqibatida yong`in kelib chiqdi, bir yoshli chaqaloq halok bo`ldi

21 fevral kuni soat 17.16larda Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi fuqaro M.Mamarahimovaning uyida ehtiyotsizlik oqibatida yong`in kelib chiqdi.

IIV xabarida aytilishicha, M.Mamarahimovning kelini I.Murotova elektr isitish pechi ustida qaynab turgan temir choynak ichiga gazolin suyuqligini suv deb o`ylab quyib yuborgan. Natijada xonadagi 5 l. elim idishda saqlanayotgan gazolin suyuqligidan sizib chiqib, xonaga to`planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lib, yong`in kelib chiqqan.

Yong`in oqibatida uyning 25 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy jihozlari yonib, zarar ko`rgan. Yong`in o`chirish vaqtida I.Murotovaning 2017 yilda tug`ilgan o`g`li kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo`lgan. M.Mamarahimova bilan birga yashovchi 2011 yilda tug`ilgan qizi va kelini I.Murotovalar kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1