1

Turizm salohiyatini kecha-kunduz targ`ib qiluvchi xalqaro telekanal tashkil etiladi

Jamiyat 23.02.2018, 09:51
Turizm salohiyatini kecha-kunduz targ`ib qiluvchi xalqaro telekanal tashkil etiladi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 22 fevral kuni videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Unda shuningdek, O`zbekiston turizm brendini xorijda targ`ib qilish masalasi ham tahlil qilindi.

Mamlakatimiz investisiya, savdo va turizm salohiyatini o`zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta`kidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga O`zbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targ`ib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli ko`rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi.

Xorij davlatlardagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimizning targ`ibotchilari bo`lishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qo`shishi zarurligi ta`kidlandi. Turizm rivoji uchun zarur sharoitlar yaratishga doir ustuvor yo`nalishlar belgilab berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1