1

Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor qilindi

Jamiyat 23.02.2018, 12:39
Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor qilindi

O`zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinmagan. Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qildi, deb yozadi «Kun.uz».

Manba sobiq prokuror bilan bog`liq hech qanday tergov jarayonlari ham ketmayotganini ta`kidladi.

Bundan avvalroq OAVda Rashidjon Qodirov 22 fevral kuni qo`lga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini o`zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari o`tkazish aybi qo`yilayotgani hamda unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo`llangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Respublika Bosh prokurori lavozimida 2000 yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015 yilning aprelida ishdan bo`shatilgan edi. U 2015 yil mayidan Respublika Konstitusion sudi a`zosiga aylangan, ammo 2017 yilning avgustidan sud a`zolari tarkibida uning nomi yo`q bo`lib qolgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1