1

24 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

Jamiyat 23.02.2018, 13:39
24 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 12-14 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, Ustyurt bo`ylab kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 9-14 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab ba`zi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1