1

O`zbekiston – Tojikiston chegarasidagi ayrim o`tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi

Jamiyat 23.02.2018, 15:29
O`zbekiston – Tojikiston chegarasidagi ayrim o`tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi

O`zbekiston – Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o`tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar tarqatdi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.

Qaror bilan Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent, Uchturgan, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg`ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo`llari o`tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo`l o`tkazish punktining muhandislik-kommunikasiya va yo`lbo`yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara posti tashkil etiladi.

Bundan tashqari, o`tkazish punktlariga tutash avtomobil yo`llari bo`yida zamonaviy standartlarga mos yo`lbo`yi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini o`tkazish, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish belgilanmoqda.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJga 2018 yil 1 martgacha O`zbekiston hududi doirasida G`alaba – Xoshadiy temir yo`l uchastkasi rekonstruksiya qilinishini ta`minlash va o`tkazish punktida zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1