AsosiyDunyo

Aprel oyida Erga og`irligi 8,5 tonna bo`lgan fazoviy stansiya qulaydi

'Aprel oyida Erga og`irligi 8,5 tonna bo`lgan fazoviy stansiya qulaydi'ning rasmi

Joriy yilning taxminan 10 aprel sanasida Xitoyning og`irligi 8,5 tonna bo`lgan Tyagun-1 nomli fazoviy stansiyasi Erga qulaydi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.

Bu haqda AQSh fazoviy kengliklarini nazorat qiluvchi tizim ma`lumotlaridan foydalanuvchi Amerikaning maxsus sayti ma`lum qilgan. Ularning bashoratiga ko`ra, atmosferaning qalin qatlamlarida yonib ulgurmagan stansiyaning bo`laklari Er yuzasiga kelib tushadi.

Hozirda stansiyaning qulash kuniga aniqlik kiritilmoqda. Evropa fazo agentligining bashoratida mazkur voqea 25 martdan 17 aprelgacha bo`lgan oraliqda sodir bo`lishi aytilgan.

Tyagun-1 fazoviy stansiyasi 2011 yilning 29 sentyabrida uchirilgan. U fazoda ikkita ekspedisiyani qabul qilgan, biroq 2016 yilning sentyabr oyida Xitoy fazoviy stansiya nazoratini yo`qotib qo`ygan edi.

    Boshqa yangiliklar