1

Farzandini olmoqchi bo`lib, metroni portlatmoqchi bo`ldi

Jamiyat 23.02.2018, 17:01
Farzandini olmoqchi bo`lib, metroni portlatmoqchi bo`ldi

Kecha, 22 fevral soat 15.40 larda “1009” xizmatiga o`zini “Doniyor Xoliqov” deb tanishtirgan shaxs qo`ng`iroq qilib, va “Agar turmush o`rtog`im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo`ladi” deb go`shakni qo`yib qo`ygan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qo`ng`iroqni Shayxontohur tumani Qizil tamg`a 3-tor ko`chasi 3-uyda yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan Doniyor Xoliqov amalga oshirganligi aniqlanib, uni ushlash choralari ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1