1

O`zbekistonda fuqarolar murojaatlari bilan ishlamagani uchun 15 mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

Jamiyat 23.02.2018, 17:23
O`zbekistonda fuqarolar murojaatlari bilan ishlamagani uchun 15 mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

2017 yilda O`zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunni buzgan tashkilotlardagi mas`ul shaxslari aniqlandi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish natijalari bo`yicha o`tkazilgan majlisda ma`lum qilindi, deb yozadi O`zA.

Vazirlik, idora hamda mahalliy hokimiyat organlaridan olingan ma`lumotlarda qayd etilishicha, o`tgan yili jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun buzilishi holatlariga sababchi bo`lgan 3366 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar qo`llangan.

Jumladan, rahbar va mas`ul xodimlardan 290 nafari egallab turgan lavozimidan bo`shatilgan, 2897 nafariga intizomiy, 164 nafariga ma`muriy jazo qo`llangan, 15 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tahlillarning ko`rsatishicha, hisobot davrida Vazirlar Mahkamasi Apparati, vazirliklar, idoralar va xo`jalik birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan jami 806,5 mingta yozma, og`zaki va elektron murojaatlar tushgan bo`lib, 2016 yilga nisbatan 61 foizga ko`paygan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga aholidan 971,8 mingta murojaat kelib tushgan va ko`rib chiqilgan.

Qanday mansabdor shaxslar lavozimidan ozod qilindi? Saytimizni kuzatib borsangiz xabardor bo`lasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1