Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari markazi elektromexanigi Elbek Xolboev shamol generatori yaratdi, deb xabar bermoqda O`zA.
To`g`ri, Shimoliy kon boshqarmasining yiliga 716 million kVt.soat elektr energiyasiga ehtiyoji mavjud. Korxona mutaxassisi yaratgan qurilma soatiga atigi 2 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Yirik korxona uchun mazkur qirilma arzimas bo`lib tuyulsa-da, Uchquduq tumanida joylashgan korxona hududida erdan o`n metr balandlikda shamol potensiali ancha yuqori bo`lib, bundan samarali foydalanish korxonaning jami energiyaga bo`lgan ehtiyojining yarmini qondirishi mumkin.
Ekologik toza, muqobil energiya manbai hisoblangan mazkur generator shamolning tezligi 3 metr/sekundga etganida elektr toki ishlab chiqara boshlaydi.
24.02.2018 06:20
Uchquduqda shamol generatori ishga tushdi






