AsosiyDunyo

Trampning qaynona-qaynotasi endi muhojir bo`lmaydi

'Trampning qaynona-qaynotasi endi muhojir bo`lmaydi'ning rasmi

AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning ota-onasi yaqin kunlarda AQSh fuqaroligini qabul qilishadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bu haqda TheWashington Post gazetasi Melaniya Trampning huquqshunosi bo`lgan Maykl Ualdsning xabariga tayangan holda ma`lumot bergan.

Ualdsning so`zlariga qaraganda, Oq uy rahbarining qaynona-qaynotasi Viktor va Amaliya Knavslar AQShda qonuniy ravishda yashamoqdalar. Ular AQShda “doimiy yashash huquqiga ega bo`lishgan”.

Biroq huquqshunos er-xotinning qachon Sloveniyadan AQShga ko`chib o`tgani, qanday qilib grin-kartga ega bo`lgani haqida lom-mim demagan. Nashrning xabar berishicha, Melaniyaning ota-onasi AQSh fuqaroligini olish tadbirining o`tkazilishini kutishmoqda.

Amerikalik huquqshunoslar mamlakatga noqonuniyravishda kirib kelayotgan muhojirlar sonini kamaytirish masalasini ko`targanliklari bois, Donald Trampning qaynona-qaynotasi nimaga asoslanib mamlakat hududida yashayotganligiga qiziqishgan.

Melaniya Tramp Yugoslaviya tarkibida bo`lgan Sloveniyaning Novo-Mesto shahrida dunyoga kelgan. U 1996 yildan beri Nyu-Yorkda istiqomat qiladi. Melaniya 2005 yilning yanvarida Donald Trampga turmushga chiqqan va oradan bir yil o`tgach, AQSh fuqaroligini qabul qilgan.

Trampning o`zi AQShga noqonuniy ravishda, qarindoshlari ortidan kirib kelayotgan muhojirlarni tanqid qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar