Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio Jemma ismli onkologik hastalikka duchor bo`lgan ayolni qutqarib qolishdi, deya xabar bermoqda Hellomagazine.com nashri.
Britaniyalik yosh onani qutqarib qolish uchun eski do`stlar Keyt va Leo o`sha mashhur “Titanik”dagi “Jek va Rouz bilan” epizodini auksionga qo`yishdi. Ko`ngillilar yulduzlar juftligi bilan kechlikni sotib olishlari mumkin bo`ldi. “Jek va Rouz” Jemma hamda boshqa saraton kasalligiga duchor bo`lgan bemorlar hayotini saqlab qolish uchun etarlicha mablag` yig`di.







