AsosiyDunyo

Tojikiston prezidenti Ozarbayjonga boradi

'Tojikiston prezidenti Ozarbayjonga boradi'ning rasmi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon joriy yilda Ozarbayjonga boradi. Bu haqda shanba kuni Tojikistonning Ozarbayjondagi elchisi Rustam Soli Bokuda o`tkazilgan tadbirda ma`lum qildi, deya yozadi “Trend” agentligi.

“Tojikiston prezidenti 2018 yilda rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keladi. Hozirgi vaqtda mazkur tashrifga tayyorgarlik ko`rilmoqda, bizda aniq sanalar bor”, degan elchi.

Ozarbayjon bojxona qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, ikki mamlakat o`rtasi tovar aylanmasi 2017 yilda 2,04 million dollarni tashkil etgan.

Ozarbayjon tomoni Tojikistonga qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirishga qiziqish bilan qarayotgan bo`lsa, Tojikiston Kaspiy dengizi orqali yuklarni xalqaro bozorlarga etkazib berish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha qo`shma korxonalar tashkil etish hamda turizm sohasida hamkorlik yo`nalishlarida Ozarbayjon bilan hamkorlikni kengaytirish istagida.

Turizm sohasida, xususan, tomonlar Dushanbe – Boku yo`nalishida to`g`ridan-to`g`ri havo qatnovlarini tiklash masalasini muhokama qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar