AsosiyDunyo

AQShda spirtli ichimliklar do`koni sohibasi bosqinchini otib qo`ydi (Video)

'AQShda spirtli ichimliklar do`koni sohibasi bosqinchini otib qo`ydi (Video)'ning rasmi

AQShning Talsa (Oklaxoma shtati) shahrida bir erkak spirtli ichimliklar do`konini tunamoqchi bo`ldi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.

Lekin bosqinchi do`kon sotuvchisining qurolli qarshiligiga duch kelgan.

Voqea Forest Acres Liquor do`konida sodir bo`lgan. Tayron Li (Tyrone Lee) ism-sharifli shaxs do`kon sotuvchisidan kassadagi pullarni berishini talab qiladi. Pullarni olgan afroamerikalik jinoyat joyidan chiqib kegan-u, ammo yana qaytib kelgan va to`pponcha bilan qurollangan do`kon sohibasiga duch kelgan. Otishma natijasida ikala tomon ham yaralangan.

Voqea joyiga polisiya etib kelgan va jinoyatchini qo`lga olishgan. Taxminlarga ko`ra, Tayron Li shaharda ro`y bergan boshqa bosqinchiliklarga ham aloqasi bor. U og`ir yaralanib, shifoxonaga yotqizildi. Do`kon sohibasi esa engil jarohat olgan.


Boshqa yangiliklar