Xitoyning Xaynan provinsiyasidagi Xaykou shahrida 8 mingga yaqin mashina daryoning kechuv joyida tuman tufayli tirbandlikda turib qoldi, deya xabar bermoqda News.day.az nashri.
Ma`lum bo`lishicha, o`n mingga yaqin odam bir necha kundan beri Syunchjou bo`g`ozi orqali Guandun provinsiyasiga o`tolmayotgan ekan. Uchta mahalliy port yomon ob-havo sharoiti tufayli o`z ishini to`xtatib turibdi.






