24 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida erosti kanalizasiya quvurida avariya yuzaga keldi. Avariya natijasida mahalla hududidagi to`rt xonadon hovlisiga suv toshib kirdi, deya xabar berdi FVV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilindi.
Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari hozir ham davom etmoqda.






