Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushakbozlik paytida avtomobil mushaklarni tomosha qilayotgan odamlarni bosib ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Kecha, Moskva vaqti bilan soat 21.00 da Novosibirsk shahrining Lishin maydonida Honda CR-V avtomobili yo`lakchadan ketayotgan piyodalarni bosib ketganligi to`g`risida polisiyaga xabar kelib tushgan.
YTH oqibatida 3 yoshli bola voqea joyida, bir ayol tez yordam mashinasida halok bo`lgan. Ulardan tashqari, avtofalokat oqibatida yana ikki kishi va bir bola jabrlangan. Voqea joyida polisiyachilar ish olib bormoqda.
Mazkur voqeaga guvoh bo`lganlarning aytishicha, haydovchi mushakbozlikni tomosha qilib, yo`ldan chiqib ketganligini sezmay qolgan. Polisiya bu taxminga izoh berishdan bosh tortdi, ular hodisa tafsilaotlariga oydinlik kiritmoqdalar.






