AsosiyJamiyat

Chet ellik jurnalistlar ham "Oltin qalam" mukofoti bilan taqdirlanadilar

'Chet ellik jurnalistlar ham "Oltin qalam" mukofoti bilan taqdirlanadilar  'ning rasmi

O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda jurnalistika sohasida "Oltin qalam" XIII milliy mukofoti uchun tanlov e`lon qildi. Uning natijalari an`anaga ko`ra 3-may jahon matbuoti erkinligi kunida e`lon qilinadi, deb xabar qildi O`zbekiston TIV matbuot-xizmati.

2018-yilda "Chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" rag`batlantiruvchi mukofoti ikkinchi marotaba nominasiyalar ro`yxatiga kiritildi, deyilgan xabarda.

O`tgan yili "Chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominasiyasida "Euronews" kanali "Postcards" ko`rsatuvi muallifi va boshlovchisi Seamus Kearney g`olib deb topilgan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning mustaqil jurnalisti Karolina Charlotta Pink, Koreya Respublikasining "The Korea Post" jurnalining bosh muharriri Li Kyung-sek hamda O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi muxbiri Sha Datining samarali ishlari yuqori baholangan.

    Boshqa yangiliklar