1

Pensioner qariya o`g`liga qarata o`q uzdi va so`ng o`z joniga qasd qildi

Dunyo 26.02.2018, 11:01
Pensioner qariya o`g`liga qarata o`q uzdi va so`ng o`z joniga qasd qildi

Moskva shahrida yashovchi pensioner qariya oilaviy kelishmovchilik oqibatida travmatik quroldan bir necha marotaba o`g`liga qarata o`q uzib, keyin o`z joniga qasd qilgan, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Voqea Moskva shahrining Veshnyaki tumanida ro`y bergan. 1941 yilda tug`ilgan erkak 1966 yilda tug`ilgan o`g`liga qarata travmatik quroldan o`q uzgandan keyin o`zini ham otib o`ldirgan.

Qariyaning o`g`li kasalxonaga yotqizilib, unga tegishli tibbiy yordam ko`rsatilgan. Polisiya xodimlari voqeaga oydinlik kiritmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1