AsosiyJamiyat

Homiladorlik bo`yicha nafaqa muddatida to`lanadi

'Homiladorlik bo`yicha nafaqa muddatida to`lanadi'ning rasmi

Moliya vazirligi homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa to`lash taomilini soddalashtirdi. Zarur hujjatlar ro`yxati qisqartirildi, axborot texnologiyalari joriy etildi.

Yangi mexanizm 2018 yil 1 apreldan to`laqonli ishlay boshlaydi, deya xabar beriladi Moliya vazirligining rasmiy saytida.

Yangi qoidalarga binoan, nafaqalar to`lovchi byudjet tashkilotlari bo`sh (xarajatlar smetasi bo`yicha tejab qolingan) pul mablag`lari mavjud bo`lganda, byudjet mablag`larining bosh tasarruf etuvchilari va moliya organlari bilan kelishuvsiz nafaqalarni mustaqil ravishda to`lashga haqli. Bunda mas`ul shaxs «O`zASBO» dasturiy kompleksiga tegishli o`zgartirishlar kiritishi kerak bo`ladi.

Tashkilotda nafaqani bir yo`la to`lash uchun mablag` bo`lmasa, endi qo`shimcha mablag`lar «O`zASBO» kompleksi orqali avtomatlashtirilgan rejimda talab etiladi.

Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik haqidagi hujjat nafaqa to`lash uchun asos hisoblanadi. Yashash joyidan ma`lumotnomani, nikoh tuzilganligi to`g`risida guvohnoma, mehnat daftarchasi va pasport nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.

Yangi tartibning joriy etilishi nafaqa o`z vaqtida to`lanishiga imkon yaratadi.

    Boshqa yangiliklar