AsosiyJamiyat

Paxtasanoat ilmiy markazi faoliyati tubdan takomillashtiriladi

'Paxtasanoat ilmiy markazi faoliyati tubdan takomillashtiriladi'ning rasmi

“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksionerlik jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali xabar qildi.

Qarorga asosan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning asosiy yo`nalishilaridan biri sifatida sohadagi dolzarb ilmiy masalalarni hal etish, paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlashda ilmiy-texnik va innovasion faoliyatni amalga oshirish belgilanmoqda.

Shuningdek, 2018-2020 yillarda respublikada paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlashning texnika va texnologiyasini rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, shu jumladan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning laboratoriya-sinov bazalari modernizasiya qilinadi, urug`lik paxta chigitini tayyorlash texnologiyasi, paxta xom ashyosini qabul qilishda uning sifat ko`rsatkichlarini ta`minlash tizimi va vositalari takomillashtiriladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Paxtachilik tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, “O`zpaxtasanoat” AJga ikki oy muddatda “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ faoliyatini tubdan takomillashtirish vazifasi qo`yilgan edi.

    Boshqa yangiliklar