2018 yilning 26 fevral kuni yoqqan kuchli yomg`ir tufayli Buxoro shahrining qadimiy qismidagi tarixiy binolardan biri suv bosdi.
Bu haqda mazkur shaharda yashovchi fuqaro o`zining Facebookdagi sahifasida xabar qoldirgan.
U joylashtirgan suratlar va videodan ko`rinish mumkin gap Chorminor madrasasi haqida ketmoqda. Suratlarda uning hovlisi suvga to`lagani yaqqol ko`rinib turibdi.
Tabiiy hodisa yuz bergan joyda o`t uchirish va favqulodda vaziyatlar xizmatlari xodimlari etib kelgan.









