General-polkovnik Zokirjon Almatov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytdi. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Almatov ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonovning maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Ma`lumot uchun, Zokir Almatov 1949 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Zokir Almatov 1991 yildan 2005 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2005 yilda “Buyuk xizmatlari” uchun ordeni bilan mukofotlangan.






