2018 yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda to`y kortejining haydovchilari Toshkent shahri ko`chalarda harakatlanib, yo`l harakati xavfsizligiga kasddan tahdid solganliklari aks ettirilgan videorolik paydo bo`lgan edi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan qidiruv ishlari amalga oshirildi. Natijada quyidagi transport vositalarining haydovchilari huquqbuzarlik sodir etganliklari aniqlandi:
- 01 D 722 XA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 A 722 AB davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 T 722 XA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 F 722 ZA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 C 222 AB davlat raqam belgili «Mercedes Benz» rusumli avtomashina;
- 01 151 VCA davlat raqam belgili «Saturn sky» rusumli avtomashina.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan transport vositalari xaydovchilariga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasining MJtKning 129-moddasi: «Transport vositalari haydovchilarining yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo`lib va motosikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo`llarda yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo`lib harakat qilishda qatnashishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi (hozirgi kunda 516 720 so`mni tashkil etadi).
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga (hozirgi kunda 861 200 so`mni tashkil etadi) yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo`ladi.





