AsosiyJamiyat

Qozog`iston elchisi Qoraqalpog`istonga tashrif buyurdi

'Qozog`iston elchisi Qoraqalpog`istonga tashrif buyurdi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Erik Utembaev uch kunlik safar bilan Qoraqalpog`istonga keldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mehmon bilan uchrashuvda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi M.Erniyazov ikki mamlakat o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, hududiy hamkorlikni mustahkamlash yo`nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so`z yuritdi.

4.jpg

E.Utembaev qishloq ho`jaligi, fan, ta`lim, turizm, tibbiyot, farmasevtika sohalarida mintaqalararo sheriklik uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta`kidladi.

Qozog`iston elchisi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida respublikadagi oliy o`quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Shuningdek, mehmon Xo`jayli tumanidagi Logistika markazida, Nukus shahridagi “Nukus polimer” MChJ va “Nukus elektroapparat” qo`shma qorxonasida bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar