1

Meksikalik ayollar daraxtlarga turmushga chiqishdi

Dunyo 27.02.2018, 17:06
Meksikalik ayollar  daraxtlarga  turmushga  chiqishdi

Meksikaning Oaxaka shtati, San-Djastino-Amilpas shahrida bir qancha ayollar daraxtlar bilan ramziy ma`noda nikoh tuzishdi, deya xabar berdi, lenta.ru nashri.

Marosim Perulik aktyor va faol ekolog Richard Torres tashabbusi bilan yakshanba kuni o`tkazildi. Oq libos kiygan kelinlar daraxtlarni quchoqlab, ularga sodiq bo`lishga qasamyod qilib, osmonga guldastalarni otishdi.

Inklar urf odati bo`yicha o`tkazilgan ramziy nikoh orqali faollar Meksikaning janubi-g`arbiy qismidagi o`rmonlarni noqonuniy ravishda kesilishiga qarshi ommaning diqqatini tortishga umid qilishmoqda.

2017 yilning dekabr oyida Richard Torres Peruda xam shu kabi marosim o`tkazgan edi. Torres shu yo`l bilan minglab daraxtlarni qutqarishga umid qilayotganini ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1