1

O`ta xavfli viruslar bilan ishlagan erkak kasal bo`lib, sirli tarzda g`oyib bo`ldi

Dunyo 27.02.2018, 17:17
O`ta xavfli viruslar bilan ishlagan erkak  kasal bo`lib, sirli tarzda g`oyib bo`ldi

Amerikadagi Atlanta shahar polisiyasi, ikki hafta oldin bedarak yo`qolgan kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi xodimini qidirmoqda, deb yozdi lenta.ru nashri.

Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, 35 yoshli Timoti Jerrel Kanningemni oxirgi martda 12 fevral kuni ko`rishgan. O`sha kuni u o`zini yomon his qilganligi sababli mahalliy kasalxonaga qo`ng`iroq qilgan. G`oyib bo`lgan Timotining oila a`zolari uydan unga tegishli bo`lgan avtomobil, kalitlar, kredit kartasi, hamyon, telefon va boshqa buyumlarini topishgan.

Polisiya Kanningem haqidagi har qanday ma`lumot uchun 10 ming dollar miqdorida mukofot puli berilishini e`lon qildi.

New York Times ning ma`lumot berishicha, Kanningem hayot uchun xavfli bo`lgan Ebola va Zika viruslarining tarqalishi vaqtida virusga qarshi kurashuvchi tezkor guruh tarkibida bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1