1

Tramp shaxsiy uchuvchisini yuqori lavozimga ko`tarishga ahd qildi

Dunyo 27.02.2018, 18:03
Tramp shaxsiy uchuvchisini yuqori lavozimga ko`tarishga ahd qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp o`zining shaxsiy uchuvchisi Jon Dankinni Amerika federal aviasiya boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlashni rejalashtirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, davlat rahbari uzoq yillardan beri unga hamrohlik qiluvchi Jon Dankinni mazkur lavozimga da`vogarlar ro`yxatiga qo`shishni tavsiya qilgan.Uchuvchi ayni paytda suhbatdan o`tgan.

Boshqa bir nashr Axios ning xabar berishicha, Dankin hali lavozimga tayinlanmagan. U oddiy uchkvchisi emas, balki tajribali uchuvchi ekanligi ta`kidlangan. Xususan, u Tramp foydalangan barcha samolyotlarning xavfsizligi uchun javobgar bo`lgan. Tramp prezidentlik kampaniyasi, ya`ni 21 oy davomida 203 ta shahar va 43 ta shtatga parvoz qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1