1

Tojikiston hukumati ichki ishlar xodimlariga ingliz tilini o`rganish majburiyatini yukladi

Dunyo 27.02.2018, 19:10
Tojikiston hukumati ichki ishlar xodimlariga ingliz tilini o`rganish majburiyatini yukladi

Yaqinda Tojikiston hukumati tartib saqlovchilarga ingliz tilini o`rganish va xorijiy sayyohlar bilan muloqot qilishda etika me`yorlariga rioya etish majburiyatini yukladi.

Ichki ishlar boshqarma va bo`limlarida ingliz tilini o`rganish kurslari tashkillashtiriladi, deya ma`lum qildi TR IIV matbuot kotibi Umarjoni Imomali.

— Vazir barchaga xorijliklar bilan muomala qilish etikasini hamda ingliz tilini bilish vazifasini yukladi. Darslar ma`lum grafik asosida olib boriladi. Sayyohlar bilan ingliz tilida muloqot qilish, yurtimizda turizm salohiyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi, — dedi Tojikiston IIV vakili.

So`nggi yillarda Tojikiston hukumati mamlakatda sayyohlikni izchil rivojlantirishga jiddiy e`tibor qaratib kelmoqda. Ayni shu maqsad yo`lida o`tgan yili hukumat qoshida yangi tuzilma —Turizmni rivojlantirish Qo`mitasi tashkil etildi. Shuningdek, Imomali Rahmon 2018 yilni Turizm va xalq hunarmandchiligi yili deb e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1